Soliqchi va tadbirkorlar uchrashuvi
Xorazm viloyatida kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlar faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida soliq organlari tomonidan tizimli ravishda ochiq muloqotlar tashkil qilinmoqda.
Xiva tumanida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda viloyat Soliq boshqarmasi va tuman soliq inspeksiyasi rahbariyati ishtirok etib, soliq to‘lovchilarning dolzarb muammolarini tinglandi. Xiva tumanida ikki yarim mingdan ortiq tadbirkorlik sub’ektlari mavjud. Ularning 2 ming 549 tasi kichik, 20 tasi o‘rta va 3 tasi yirik hisoblanadi.
[gallery-24582]
Tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot nafaqat biznesdagi dolzarb masalalarni muhokama qilishga, balki davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida samarali hamkorlik va ishonch muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
– 2023 yildan buyon aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanamiz, – deydi tadbirkor Eldor Qalandarov. – Bu kabi muloqotlar orqali bizga o‘xshagan kichik va o‘rta biznes vakillarining imkoniyatlari yanada kengayadi. Shu bilan birga yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Aholi daromadi, mamlakatimiz iqtisodiyoti yuksaladi. Bugungi tadbirda o‘zimizni qiynayotgan muammolarni ochiq-oydin bayon etdik. Mutasaddilar tingladi, yozib oldi va zarur choralarni ko‘rib, muammoni shu yerning o‘zida hal etishga harakat qildi. Bundan juda mamnunmiz.
Uchrashuvda tadbirkorlik sub’ektlari o‘tgan davr mobaynida topshirgan hisobotlari va byudjetga to‘lovlari, ishchilar sonidan kelib chiqib turli nominasiyalar bo‘yicha rag‘batlantirildi. Tadbir so‘ngida soliq boshqarmasi rahbariyati bundan keyin ham yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor hal etish, soliq to‘lovchilarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim platformani davom etishini ta’kidlandi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/RNnAtOh9Os4?si=EIQNzoPeNVu3GzVt" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ahmadjon Shokirov,
Behzod Saidov (surat, video),
O‘zA muxbirlari