“Soʻz mintaqalarida” kitobi chop etildi
Taniqli publitsist va yozuvchi, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi aʼzosi Hakim Sattoriyning “Soʻz mintaqalarida” nomli navbatdagi kitobi nashrdan chiqdi.
Taniqli publitsist va yozuvchi, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi aʼzosi Hakim Sattoriyning “Soʻz mintaqalarida” nomli navbatdagi kitobi nashrdan chiqdi.
Kitob “Yangi kitob” nashriyoti tomonidan noshir Anvar Namozov muharrirligida chop etilgan.
Toʻplam alohida boblarga ajratilgan boʻlib, “Odam - olam gultoji”, “ Ezgulikka kamarbasta”, “Tanish suratlar”, “Badiiyat chechaklari”, “Avval qofiya, soʻng komediya” kabi boʻlimlarda adib qalamiga mansub badiiy publitsistika, nasriy asarlar va sheʼrlar joy olgan.