Soʻxliklar Prezidentimiz eʼtiboridan behad mamnun
Fargʻona viloyati hokimi Shuhrat Gʻaniyev bugun Soʻx tumanida boʻlib, koronavirus pandemiyasi sharoitida bu yerda tashkil etilgan ishlar bilan tanishdi.
Fargʻona viloyati hokimi Shuhrat Gʻaniyev bugun Soʻx tumanida boʻlib, koronavirus pandemiyasi sharoitida bu yerda tashkil etilgan ishlar bilan tanishdi.
Aholi vakillari bilan uchrashib, turli masalalarda suhbatlashdi. “Gʻaznov” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlgan chogʻi kam taʼminlangan oilalar yashaydigan xonadonlarga kirib ularning sharoitini oʻrgandi. Ayrim xonadonlarda tomorqa yer uchastkalari boʻla turib undan foydalanmayotganlaridan taassuf bildirdi.
Mahalliy hokimlik rahbarlariga bironta ham tomorqasiga ekin ekilmagan uy qolmasligi lozimligini, bunda xonadon egalariga urugʻ, koʻchat taʼminotida yordam berish lozimligini aytdi.
- Endi aholining oʻzi ham bir parcha boʻlsada, ixtiyoridagi Soʻxning quvvatli yeri qadriga yetib yil davomida kamida 2-3-marta hosil olishni oʻrganishi kerak, — dedi viloyat rahbari.
Viloyat hokimligining axborot xizmatining xabariga koʻra, shu kuni Soʻx tumani aholisi uchun viloyat hokimi Sh.Gʻaniyev 5 ming qop un va 5 ming dona 5 litrli oʻsimlik yogʻi olib kelgan edi. Uni tumanning barcha mahallalariga taqsimlab bepul tarqata boshladilar.
- Soʻx xalqi muhtaram Prezidentimizdan cheksiz minnatdor, – deydi “Gʻaznov” mahalla fuqarolar yigʻini raisi Xaliljon Boboyev. -Bizga hamisha mehr bilan eʼtibor qaratadilar. Hatto bugungidek, tashvishli kunlarda ham bizni eslab, shuncha oziq-ovqat mahsulotlari yuboribdilar. Biz davlatimiz yana-da kuch-qudratli boʻlsin, xalqimiz hayoti bundanda farovonlashsin, yurtboshimiz sogʻ-salomat, uzoq umr koʻrsinlar deya duodamiz.