Skott Maktominay Shotlandiyaning JCh-2026 dagi rejalari haqida gapirdi
Shotlandiya terma jamoasi 21-asrda ilk bor jahon chempionatida ishtirok etadi.
Shotlandiya terma jamoasi 21-asrda ilk bor jahon chempionatida ishtirok etadi. «Napoli» va terma jamoa yetakchisi Skott Maktominay turnirdagi rejalar haqida to'xtalib o'tdi.
«Avvalo, jahon chempionatida guruhdan chiqishni xohlaymiz, qolganini esa vaqt ko‘rsatadi. Bunday turnirda ishtirok etish uchun o‘zgacha mentalitet kerak, har qanday raqibni mag‘lub eta olishingga ishonishing lozim. Aks holda, hech narsa chiqmaydi», — deya Maktominayning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda calcionapoli1926.it nashri.
Eslatib o‘tamiz, shotlandiyaliklar oxirgi marta 1998-yilda jahon chempionatida ishtirok etishgan edi.