"Sirli olam" nomli shaxsiy ko‘rgazma
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida taniqli rassom Gayane Matevosyanning "Sirli olam" nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda grafika yo‘nalishidagi yillar davomida ishlangan 100 dan ortiq asarlar namoyish qilindi.

Ko‘rgazmada qayd etilganidek, tomoshabinlar san’at asarlarini ko‘zdan kechirarkan rassomning qanday pedagog ekani, uzoq yillar davomida nimalarni yaratgani va ayni damda qanday ijod qilayotganini ushbu ko‘rgazma orqali yanada yaqinroq bilib olishlari mumkin.


Ko‘rgazma joriy yilning 1 apreligacha davom etadi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA