Sirdaryolik yurtdoshlarimiz xavfsiz joyda
Shu bilan birga mehmondoʻst mahalliy aholi oʻz uylaridan boshpana ajratib, oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlamoqda.
Sardoba suv ombori yaqinidagi qishloq aholisining bir qismi Jizzax viloyatining Mirzachoʻl, Doʻstlik, Arnasoy, Paxtakor hamda Sharov Rashidov tumanlariga evakuatsiya qilinib, vaqtincha boshpana bilan taʼminlandi. Ayni paytda ularga zarur sharoitlar yaratilmoqda.
Shu bilan birga mehmondoʻst mahalliy aholi oʻz uylaridan boshpana ajratib, oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlamoqda. Birgina Arnasoy tumaniga olib kelingan 1300 nafarga yaqin sirdaryoliklar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, dastlab Iqtisodiyot va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji hamda tumandagi mavjud korxona va tashkilotlarida yotoq joylari bilan taʼminlangan edi. Keyinchalik barchasiga mahalliy aholi tashabbusi bilan 152 ta xonadondan boshpana ajratildi.