Sirdaryo viloyat axborot-kutubxona markazida “INFOLIB O‘ZBEKISTAN-2020” IX Milliy axborot kutubxona haftaligi doirasida rassom, O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi Sirdaryo viloyat bo‘limi rahbari Anorboy Boybekov bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Ijodkor ishtirokchilariga kutubxonalarning bugungi kundagi o‘rni va sohada erishilgan yutuqlar, muammo va kamchiliklar to‘g‘risida to‘xtalib, tadbir doirasida havaskor rassomlarga o‘z ijodiy yo‘li haqida so‘zlab berdi. – 2 nafar shogirdmi bugun O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zoligiga qabul qilingani har qanday ustozning qalbida faxr tuyg‘usini uyg‘otishi shubhasiz, – deydi O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi Sirdaryo viloyat bo‘limi rahbari Anorboy Boybekov.
– Ularning biri Oqoltin tumani 7-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi D.Iskandarova, ikkinchisi viloyatidagi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining amaliy grafika va dizayn fani o‘qituvchisi D.Hamidovalardir. Har ikkala rassom qizlarimizdan kelajakda el nazariga tushadigan rassomlar bo‘lishiga imonim komil.
Ijodiy uchrashuv davomida Anorboy Boybekov yosh havaskor rassomlarga akvarelda ishlash bo‘yicha malaka soati namoyish etgani qatnashchilarda juda katta taassurot qoldirdi. Shu yerning o‘zida rassom asarlarining shaxsiy ko‘rgazmasi tashkil etilgani ayni muddao bo‘ldi. Buni, havo harorati sovuq bo‘lishiga qaramay tomoshabinlar soni soat sayin ortib borayotganidan ham bilish mumkin.
Tadbir so‘ngida A.Boybekovga Sirdaryo viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.