Sirdaryoga «Sputnik V«ning dastlabki partiyasi olib kelindi
Bu vaksina bilan kimlar emlanadi va keyingi partiyasi qachon keladi?
– Sirdaryo viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining vaksina saqlash omborxonasiga sovuqlik zanjiriga amal qilgan holda «Sputnik V” (Gam-KOVID-Vak) vaksinasining 900 dozasi 2-bosqichda 21 kun oralig‘ida 900 kishiga mo‘ljallangan vaksinasi keltirildi va ushbu vaksina – 18 daraja haroratda saqlanishi lozim, – deydi boshqarmaning OAV va jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi xodimi Sarvinoz Uralova. – Berilgan ma’lumotga asoslanib, shuni aytishim mumkinki, «Sputnik V” vaksinasining keyingi partiyasi viloyatimizga 21 kundan keyin olib kelinishi rejalashtirilgan.

Ushbu «Sputnik V” (Gam-KOVID-Vak) vaksinasi hozirda faqat viloyatdagi hududlararo 65 yoshdan katta aholini va tibbiyot xodimlarni emlash uchun sarflanadi.
Vaksinatsiya jarayoni hozircha, Guliston shahar «Bo‘ston» mahallasi Guliston ko‘chasi 1-uyda joylashgan Guliston shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu markaziy poliklinikada 11 ta tuman va shaharda istiqomat qiluvchi 65 yoshdan katta bo‘lgan sirdaryolik fuqarolar hamda tibbiyot xodimlari emlanishi mumkin.
A.Qayumov, O‘zA