Sirdaryoda uch egizak o‘g‘il tug‘ildi
Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida joylashgan "Sharq haqiqati" mahallasida yashovchi Gulchehra va Ikromjon Qalandarovlar oilasida bir yo‘la uch farzand dunyoga keldi.
Kattasining vazni 2.300 kg, o‘rtanchasining vazni 2.080 kg, kichigining vazni 1.90 kg.ni tashkil etadi. Ularning tug‘ilish jarayonlarida Sirdaryo viloyat perinatal markazi direktori, akusher-genikolog Hanifa Sodiqova boshchiligidagi tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.
Ayni vaqtda uch egizak aka-ukalar Hasan, Husan va Yusufning salomatligi yaxshi. Ularga belgilangan tartibda tibbiyot xodimlari yordam ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga, yosh xonadon a’zolari Hasan, Husan, Yusufning ota-onasiga tuman hokimligi, homiylar tomonidan moddiy yordam ko‘rsatildi.
Sh.Suyarov, O‘zA