Sirdaryoda targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
Sirdaryoda korrupsiyani oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
Unda korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunning mazmuni Kadastr agentligining tuman, shahar bo‘lim filial xodimlariga tushuntirib borilyapti.
Shuningdek, ta’magirlik, poraxo‘rlik jinoyatlarini oldini olish bo‘yicha xodimlar ogohlantirilyapti.
Tadbirda qonun va qonun osti hujjatlari mazmunini o‘rganish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy suhbat olib borish kerakligi ta’kidlangan.
Agentlikning kompleans-nazorat xizmati bo‘limi boshlig‘i B.Shomansurov kadastr idoralarida sobiq xodimlarning bo‘lmasligi kerakligini aytgan. Uning aytishicha, bu holatda filial rahbarlari shaxsan javobgar bo‘ladi.
Chunki ayrimlar ilgari tizimda ishlab, hozirda ishlamayotgan bo‘lishiga qaramay, fuqarolarning ishonchiga kiradi. Natijada, pora evaziga ularga yer olib berish, bo‘sh yer maydonlarini qo‘shib berishni taklif qiladi. Yoki fuqarolarning yerga bo‘lgan huquqiy hujjatlari mavjud emasligiga qaramay, kadastr hujjatlari rasmiylashtirib berishini aytadi. Pora tariqasida pulni olayotgan joyida esa qo‘lga olinadi.
Shunday holatlarni inobatga olib, viloyat va tuman shahar filial rahbarlarini ogohlikka chaqirildi.
Qolaversa, tadbirda xodimlar o‘z oila a’zolari, yaqin qarindoshlari bilan bitta boshqarmada, tuman yoki bo‘limlarida faoliyat yuritishlari mumkin emasligi ham ta’kidlangan.
Sirdaryoda mazkur targ‘ibot tadbirlar davom etmoqda.
Maftuna KARIMOVA, O‘zA