Sirdaryoda stol tennischilar saralandi
Sirdaryo viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamkorligida stol tennisi bo‘yicha “Yoshlik” sport jamiyati markaziy kengashi sovrini uchun respublika turniri o‘tkazildi.

Musobaqada respublikamizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan 56 nafar yosh tennischi g‘oliblik uchun o‘zaro raqobatlashdi. Ikki kun davom etan musobaqaning qizlar o‘rtasidagi bahslarida Namangan viloyati jamoasi g‘olib bo‘ldi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi musobaqada Sirdaryo jamoasiga teng keladigani topilmadi.