Sirdaryoda inklyuziv auksion o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Sirdaryo viloyati Guliston shahrida ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish bo‘yicha bir yo‘la ikkita tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ma’naviyat va ma’rifat markazida tashkil etilgan aksiyada maxsus maktablar tarbiyalanuvchilari, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan yoshlar tomonidan yaratilgan 344 ta ijodiy ishlar – tasviriy va amaliy san’at namunalari, dekorativ buyumlar sotuvga qo‘yildi. Unda eng yuqori baho 3 million so‘mgacha yetdi.
[gallery-10544]
Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Mahmudaliyevning ayni shu yerdagi studiya orqali yosh ijodkorlar bilan videokonferensiya shaklida o‘tkazgan muloqotida ularning muammo va takliflari o‘rganildi. So‘ngra viloyat hokimligida A. Mahmudaliyev bir guruh faol yoshlar bilan uchrashdi. Unda yoshlarning ijodiy qobiliyatini yuksaltirishga e’tiborni kuchaytirish, ular tomonidan taklif etilayotgan madaniy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar xususida so‘z bordi. Uchrashuvda yoshlarning nafaqat fikr va mulohazalari, talab va takliflari eshitildi, balki badiiy-musiqiy ijod namunalariga ham keng o‘rin berildi.
Shahriyor ORTIQBOEV(surat),O‘zA