Sirdaryoda hokimlik bog‘i tashkil etildi
Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida Sirdaryo viloyatida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, daraxt ko‘chatlarini ekib bog‘ yaratish ishlari avjida. Barcha insonlar — keksa-yu yosh, faol va mas’uliyatli fuqarolar ushbu umumilliy loyiha atrofida birlashib, ko‘chalar, ko‘p qavatli uylar atrofida va o‘z hovlisiga daraxt ko‘chatlari ekmoqda.

E’tiborlisi, viloyat sektor rahbarlari tashbbusi bilan endilikda viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi, viloyat IIB hamda viloyat DSB ning o‘z bog‘lari yaratilmoqda.

Viloyat hokimligi uchun ajratilgan Guliston tumani "Mevazor" mahallasi hududidagi 5 gektar yer maydonida "Hokimlik bog‘i" tashkil etilib, sektorlar rahbarlari va keng jamoatchilik ishtirokida 5 ming tup mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Sh.Suyarov,
Sh. Ortiqboyev,(surat), O‘zA