Sirdaryo xabarlari – qisqa satrlarda
Faoliyatini tiklamagan maktab oʻquvchilarining taʼlim olishlari joriy yilning 14-sentyabrdan boshlab, “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali taʼminlanishi rejalashtirilgan.
Sirdaryo viloyatidagi umumtaʼlim maktablarida oktyabr oyiga qadar individual tarzda joylardagi haqiqiy holat hamda sogʻliqni saqlash tizimidagi sanitariya epidemologiya osoyishtalik markazlari xulosalariga muvofiq va amaldagi tartibga koʻra, mahalliy Kengash deputatlari ruxsatidan soʻng taʼlim tashkiloti oʻz faoliyatini boshlashi belgilangan.
Viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 7-sentyabridan 17-sentyabr kunga qadar hududdagi mavjud 500 dan ortiq umumtaʼlim maktablarining 100 tasida anʼanaviy taʼlim jarayonlari boshlangan.
Faoliyatini tiklamagan maktab oʻquvchilarining taʼlim olishlari joriy yilning 14-sentyabrdan boshlab, “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali taʼminlanishi rejalashtirilgan. Ushbu loyiha doirasidagi darslar jadvali xalq taʼlimi rasmiy sayti va tegishli telegram kanallarida kunlik ravishda eʼlon qilib borilmoqda.

Sirdaryo viloyatining barcha hududlarida bir martalik moddiy yordam pullari tarqatish ishlari qizgʻin davom etmoqda.
Jumladan, Yangiyer shahrida “Temir daftar”ga kiritilgan 16 yoshga toʻlmagan 1 ming 380 nafar bolaga bir martalik, yaʼni 500 ming soʻmdan, jami 690 million soʻm moddiy yordam puli sektorlar kesimida uyma-uy yurib tarqatib chiqilmoqda.

Joriy yilning 17-sentyabr kuni soat 10:00 holatiga koʻra Sirdaryo viloyatida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 780 nafardan oshdi.
Bugun viloyatda yangi kasallanish holati 9 nafarni tashkil etib, ularning tana harorati koʻtarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda, viloyatda 782 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolarning 735 nafari yoki boshqacha aytganda 94 foizi sogʻayib, uylariga javob berilgan.
Hozirda viloyatda 45 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan muolajalar amalga oshirilmoqda.
