Sinxron suzish: Chempionatda mahoratli sportchilar saralanmoqda
Ayni kunlarda poytaxtimizdagi "Saxovat sport servis" suzish havzasida sinxron suzish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Chempionatda Toshkent shahri, Andijon, Buxoro, Samarqand, Farg‘ona viloyatlari hamda respublika oliy sport mahorat maktabi va ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktablari sportchilari sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bormoqda.

O‘zbekiston chempionatining ilk kungi bahslarida Toshkent va Samarqand shahar ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktablari, respublika oliy sport mahorati maktabi hamda Andijon viloyati jamoasi sovrinli o‘rinlarni band etishdi.
Shaxsiy hisobda o‘tkazilgan musobaqada Viktoriya Nushtayeva oltin, Safiya Garusova kumush, Jasmina Qodirova esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston chempionati 26 martga qadar davom etadi.
O‘zA.