Sinov muddati bilan ishga olinganlar, ularni nima kutmoqda?
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati rahbari Shahnoza Ravshanova bu savolga javob berar ekan, jumladan shunday dedi:
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati rahbari Shahnoza Ravshanova bu savolga javob berar ekan, jumladan shunday dedi:
“Bu kabi bir nechta savol kelgan. Ulardan birini Navroʻz Tillabova yuborgan boʻlib, aytilishicha, ishga 3 oylik sinov muddati bilan qabul qilingan boʻlib, 10 kun ishlagan. Hozir oylik maoshsiz vaqtinchalik mehnat taʼtiliga chiqarilgan. Karantin tugagandan keyin sinov muddati bilan qabul qilingani qanday belgilanishi yaʼni ishga tushgan kuni qanday hisoblanishi bilan qiziqqan.
Pandemiya tufayli bu kabi holatlar koʻpligi bor gap. Biroq bu kabi holatlar tegishli hujjatlarda belgilangan. Misol uchun mehnat kodeksining 85-moddasiga asosan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri va xodim uzrli sabablarga koʻra ishda boʻlmagan boshqa davrlar dastlabki sinov muddatiga kiritilmaydi.
Bu degani karantin davrida ishlay olmagan muddat siz uchun belgilangan 3 oylik sinov muddatiga kiritilmaydi degani. Biroq karantin eʼlon qilinishidan avval ishlagan 10 kuningiz belgilagan 3 oylik sinov muddatiga kiradi.