Singapurda tibbiy niqoblar bepul tarqatilmoqda
“5-apreldan 12-aprelgacha uy manzili boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan aholi kishi boshiga bir dona koʻp marta ishlatiladigan tibbiy niqobni olishi mumkin ” – deyiladi xabarda.
Singapur hukumati oʻtgan yakshanbadan boshlab koʻp marta ishlatiladigan tibbiy niqoblarni aholiga bepul tarqatishni boshladi, deyiladi hukumat saytida eʼlon qilingan xabarda.
“5-apreldan 12-aprelgacha uy manzili boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan aholi kishi boshiga bir dona koʻp marta ishlatiladigan tibbiy niqobni olishi mumkin ” – deyiladi xabarda.
Xabarda taʼkidlanishicha, koʻp marta ishlatiladigan niqoblarni “yirtilib tomom boʻlgunga qadar” ishlatish mumkin.
“Koʻp marta ishlatiladigan niqoblarni taqib yurish, hatto ular jarrohlar taqadigan inqoblar darajasida boʻlmasa-da, ayrim asosiy himoyalarni taʼminlashi mumkin. Ushbu chora jarrohlik niqoblarini tejash imkonini beradi. Chunki, ular birinchi navbatda, sogʻliqni saqlash sohasi xodimlari uchun kerak, tibbiy niqoblarning global miqyosda yetishmovchiligini ham esdan chiqarmaslik lozim ”, - deya taʼkidlanadi hukumat saytida tarqatilgan xabarda.
Singapur hukumati fuqarolarni oʻz uylarida qolishga, bir uyda yashayotgan oila aʼzolaridan tashqari, hech kim bilan uchrashmaslikka chaqirmoqda. Juda zarur boʻlmasa koʻchaga chiqmaslik tavsiya etilgan.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Singapurda koronavirusga chalinganlar soni 1 ming 189 nafarga yetgan.