Singapurda emlanmagan fuqarolarga bepul xizmat ko‘rsatilmaydi
Singapur hukumati dekabr oyidan boshlab COVID-19 bilan kasallangan fuqarolar agar emlanmagan bo‘lsa, tibbiyot muassasalari ularni bepul davolamasligini ma’lum qildi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.
Singapur hukumati pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatda doimiy yashovchi va uzoq muddatli vizasi bo‘lgan fuqarolarga tibbiy to‘lovlarni to‘lab beryapti.
– Emlanmagan fuqarolar intensiv shifoxona yordamiga muhtoj bo‘lganlarning katta qismini tashkil etadi, bu bizning sog‘liqni saqlash resurslarimizga yuk bo‘lmoqda, – deyiladi Singapur Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotida.
Departament xabariga ko‘ra, 2021 yil 8 dekabrdan e’tiboran kasalxonaga yotqiziladigan bemor vaksina olmagan bo‘lsa, u barcha tibbiy to‘lovlarni o‘zi amalga oshirishi kerak.
Ushbu tartib faqat 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar va tibbiy sabablarga ko‘ra emlash mumkin bo‘lmagan shaxslarga qo‘llanilmaydi.
Shu paytgacha Singapurning 85 foizi aholisi COVID-19ga qarshi to‘liq emlandi.