Singapur tajribasi: Maktab o‘qituvchilari malaka oshirdi
Qaror va ijro
Toshkent viloyati Pedagogik mahorat markazida pedagog xodimlari uchun “Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” seminar-trening o‘tkazildi. Asosiy maqsad Singapurning “Marshall Cavendish Education” tashkiloti bilan hamkorlikda maktab boshqaruv tizimini yaxshilash, matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga keng tatbiq etishdir.

Prezidentimizning 2024 yil 21 iyundagi “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ham maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi samaradorligini ta’minlash, ularning kasbiy bilim, ko‘nikma va mahoratini muntazam oshirib borish belgilangan. Jarayonlarga 22 nafar trenerlar jalb etilib, 200 nafar tinglovchiga mashg‘ulotlar tashkil etildi.


Singapur tajribasi asosida kimyo, fizika, biologiya va matematika fanlarida mashg‘ulotlarda ishtirokchilarning malakasi oshirildi. Bu orqali xalqaro ilg‘or tajribalar tanishildi. Shu bilan birga, sun’iy intellektdan foydalangan holda o‘quvchilarning matematika fanidan olgan bilimlari baholandi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yangi o‘quv yilidan aynan Singapur tajribasi umumta’lim maktablarida amalga tatbiq etilishi rejalashtirilgan.
A.Musayev,O‘zA.