Sindzo Abe suiqasddan so‘ng kasalxonada vafot etdi
Bugun joniga qasd qilingan Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Sindzo Abe kasalxonada vafot etdi, deb xabar tarqatdi NHK telekanali.
Liberal-demokratik partiyasi vakilining ta’kidlashicha, siyosatchi jinoyatchining hujumidan keyin Tibbiyot universitetiga olib kelingan va shu yerda hayotdan ko‘z yumgan. U 67 yoshda ekani aytilmoqda.
41 yoshli Tetsuya Yamagami qo‘lbola to‘pponchadan Sindzo Abening orqasiga qarata ikki marta o‘q uzgan, shundan keyin siyosatchi yerga yiqilgan. Uni zudlik bilan kasalxonaga olib ketishgan, qon almashtirish amaliyotiga qaramay, shifokorlar uning hayotini saqlab qololmadi, deyiladi xabarda.
Bosh vazirning joniga qasd qilgan kimsa avval Yaponiya qurolli kuchlarining dengiz kuchlarida xizmat qilgan ekan. U hibsga olingandan keyin politsiyachilarga Abeni o‘ldirmoqchi bo‘lganini, chunki uning bosh vazirlik faoliyatidan norozi ekanini aytgan, deb yozmoqda "Rambler" nashri.