Sifatli mobil aloqasining dovyurak qoʻriqchilari
Ular eng xavfli choʻqqilarni zabt etishlari, har qanday ob-havo sharoitini ham yengib oʻtib, aloqa tarmoqlarini ulay olishlari mumkin.
Ular eng xavfli choʻqqilarni zabt etishlari, har qanday ob-havo sharoitini ham yengib oʻtib, aloqa tarmoqlarini ulay olishlari mumkin. Fantastika filmlaridagi super qahramonlar deysizmi? Yoʻq, soʻz Ucell uyali aloqa kompaniyasining muhandislari haqida ketyapti.
Qizil va oq rangli minoralar allaqachon shahar va qishloq landshaftining ajralmas bir qismiga aylanib boʻlgan. Koʻpchilik uchun bu shunchaki oddiy antennadir. Aslida esa shu “antennalar” siz bilan bizning barqaror va uzluksiz aloqamiz kafolati. Shuning uchun texnik boʻlimning ishi strategik ahamiyatga ega.
Har kuni COSCOM MCHJga butun mamlakat boʻylab abonentlardan murojaatlar kelib tushadi. Hududiy rahbarlar va muhandislar vaziyatni oʻrganish, mavjud baza stansiyasini optimallashtirish yoki yangisini oʻrnatish imkoniyatlari koʻrib chiqish uchun joylariga borishadi.
Hech bir murojaat eʼtibordan chetda qolmaydi va oʻz yechimini topadi. Bugungi kunda karantin va harakatni cheklash sharoitida ham bunday uchrashuvlar ayniqsa qiyin, ammo texnik boʻlim xodimlari faoliyatini davom ettirib, aloqalar har doim boʻlishi uchun ish olib borishmoqda.
Karantin paytida nima oʻzgardi?
Karantin davrida texnik xizmat koʻrsatish va favqulodda holatlarni bartaraf etish boʻyicha ishlar kuchaytirildi, masofaviy tezkor guruhlar tuzildi. Barcha jamoalar transport vositalari, kerakli miqdordagi materiallar va ehtiyot qismlar bilan taʼminlangan. Ushbu boʻlinish ishlarning samaradorligi va hajmini saqlab qolgan holda, xodimlarning aloqalarini kamaytirishga imkon beradi.
Texnik xodimlarning aksariyati masofadan turib ishlashga oʻtkazildi, shuning uchun ish rejasiga baʼzi bir oʻzgarishlar kiritildi.
Bugun barchamiz uchun sifatli tarmoq – bu oila va yaqinlaringiz bilan aloqada boʻlishdir. Shuningdek, mamlakat va dunyodagi eng soʻnggi voqealardan xabardor boʻlishning yagona yoʻli ham sifatli aloqa tarmogʻi hisoblanadi.
Butun mamlakat boʻylab minglab ofis ishchilari masofaviy ish tarziga, talabalar va oʻquvchilar masofaviy oʻqitish tizimiga oʻtkazildi. Bularning barchasi Internet-trafik isteʼmol hajmiga taʼsir koʻrsatdi. Yuklama oshgani sababli tarmoqning sifat koʻrsatkichlari ustidan nazorat kuchaytirildi, kompaniya abonentlarining soʻrovlariga tezkorlik bilan javob berish choralari koʻrildi.
Kompaniya uchun bu karantindagi birinchi tajriba. Harakatlanish muhim ahamiyatga ega boʻlgan departament uchun bu dadil va jiddiy sinovdir. Biz sizga texnik boʻlimning oson boʻlmagan ishini tasvirlashga harakat qildik.
Har kuni Ucell mutaxassislari jamoasi innovatsion texnologiyalarni mamlakatimizning har bir burchagiga yetkazish uchun ishlaydi.