Sifat va samaradorlik omili
Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan "Urganch-baxmal" mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarilayotgan barqut matolar va sifatli gazmollar ichki bozordan tashqari qator xorijiy davlatlarga eksport qilinayotir.
Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan "Urganch-baxmal" mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarilayotgan barqut matolar va sifatli gazmollar ichki bozordan tashqari qator xorijiy davlatlarga eksport qilinayotir.– Joriy yilning birinchi choragida 524 ming dollarlik mahsulot tashqi bozorga chiqarildi, - deydi "Urganch-baxmal" mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari o‘rinbosari Rustam Xudoyberganov. – Bunda ishlab chiqarishga xorijdan keltirib o‘rnatilgan zamonaviy to‘qimachilik dastgohlari muhim omil bo‘lmoqda.
Korxonada mehnat qilayotgan 200 ishchining asosiy qismi kasb-hunar kollejlarini bitirgan yosh mutaxassislardir.