Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Shvetsiya Parlamenti Spikeri o‘rinbosari va Shvetsiya Qirolligining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashdi.

Muloqotda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida tajriba almashish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va innovatsion yondashuvlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Shvetsiya Parlamenti Spikeri o‘rinbosari Yuliya Kronlid xonim O‘zbekiston tajribasini katta qiziqish bilan o‘rganish niyatida ekanini ta’kidladi va ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida fikr, bilim hamda amaliyot almashishga tayyor ekanini bildirdi.

Tomonlar muloqotni davom ettirish, gumanitar loyihalarni birgalikda amalga oshirish va ijtimoiy himoya sohasida O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi. Shu bilan birga, ijtimoiy himoya tizimini yaxshilash orqali ikki mamlakatda aholining hayot sifatini oshirishga hissa qo‘shish maqsad qilindi.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shvetsiya va O‘zbekiston: Ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga olib chiqiladi