Shumanaylik yosh tadbirkor ayol
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanilik Shahribonu Yusufboyeva 2019 yil tikuvchilik yo‘nalishida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.
Joriy yilda u bankdan 200 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit olib korxona faoliyatini kengaytirdi. Hozirda yosh tadbirkor tikuvchilik sexi va go‘zallik salonini o‘z ichiga olgan “Shumanay-Shamenay” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga rahbarlik qilmoqda. Ayni paytda bu yerda 13 nafar xotin-qiz doimiy ish bilan ta’minlangan.
[gallery-110]
Tadbirkor joriy yil yakuniga qadar “Temir daftar” ro‘yxatiga kiritilgan 65 nafar xotin-qizni kasbga o‘qitishni tashkil qilishni rejalashtirgan.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA