Shu uyning ustida turgan bayroqni...
Shu uyning ustida turgan bayroqni yog‘och tutqichidan ohista yechib o‘zimning qo‘limga o‘rnatgim kelar.
JON SO‘ZNI
Shu uyning ustida turgan bayroqni
yog‘och tutqichidan ohista yechib
o‘zimning qo‘limga o‘rnatgim kelar.
Humoqush o‘tirgan tug‘romizni ham
mixlangan taxtadan asta ajratib,
yuragim ustiga o‘rnatgim kelar.
Ozodlik degan shu bebaho so‘zni
devordan beozor ko‘chirib olib
yashirib qo‘ysaydim ko‘ngil uyiga.
Mumgardish ichiga kirgim keladi.
Har harfin, har tovshir madhiyamizning
sodiq askar kabi qo‘rib o‘tirsam
yomon qarashlardan, yomon ko‘zlardan.
Men badbin emasman,
shubhachi emas.
Faqat kutib-kutib topganimizni,
Faqat qonlar yutib topganimizni
Mana bu Yog‘ochmi, Taxtami, Devor –
Mumgardish – bir lahza g‘aflatda qolib
oldirib qo‘ymasa deya qo‘rqaman.
Men ushoq bo‘lsam-da,
Ayol bo‘lsam-da,
O‘zimda turgani ishonchliroqday.
QUTLIBEKA, shoira