Shomirzada “Sportchilar bog‘i” barpo etildi
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi Shomirza qishlog‘ida yurtimiz faxriga aylangan, paralimpiya o‘yinlari g‘olibi Yorqinbek Odilov kamolga yetgan. Qishloq aholisi bugun mana shunday matonatli va mard o‘g‘lonlari bilan har qancha g‘ururlansa, arziydi.
Endilikda ushbu qishloqda mo‘’jazgina “Sportchilar bog‘i”ning barpo etilgani shomirzaliklar uchun yanada quvonchli bo‘ldi. Farg‘ona viloyati hokimligi va sport boshqarmasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 40 sotix yer maydonida barpo etilgan bog‘ sportchilarga qaratilgan ehtiromning o‘ziga xos ramzidir.
[gallery-20309]
Bog‘da pavloniya, o‘rik, xurmo, terak va boshqa turdagi mevali, manzarali daraxtlar, gul ko‘chatlari o‘tqazildi. Bu ezgu ishda farg‘onalik Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘oliblarining ham faol qatnashgani ibratli, albatta.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA