Shols: Ukrainaga uzoq muddatli yordam ko‘rsatish zarur!
Germaniya kansleri Olaf Shols yaqinda bo‘lib o‘tadigan YeI sammitida ishtirokchilarni Ukrainaga uzoq muddatli va barqaror yordam ko‘rsatishga chaqiradi.
Yevropa Ittifoqining joriy yildagi yakuniy sammiti Bryusselda bo‘lib o‘tadi.
“Men o‘z chiqishimda ishtirokchi mamlakatlarni Ukrainaga yaqin yillarda barqaror va ishonchli moliyaviy yordam ko‘rsatishga chaqiraman. Bu Yevropa xavfsizligi masalasi hisoblanadi”, - deb bayonot bergan Olaf Shols Germaniya parlamentida so‘zga chiqib. Bundan tashqari, kansler ta’kidlashicha, Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdan ko‘zlangan maqsad ushbu mamlakat mudofaa qobiliyatini Rossiya kelgusida yana bostirib kirishga jur’at etolmaydigan darajada mustahkamlashdir.