SHHT Xalq diplomatiyasi markazi bilan hamkorlikka oid memorandum imzolandi
Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi hamda O‘zbekistondagi Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ning Xalq diplomatiyasi markazi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Mazkur memorandum xalq diplomatiyasini tizimli asosda rivojlantirish, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni mustahkamlash, shuningdek, xalqaro gumanitar aloqalarni kengaytirishga qaratilgan qo‘shma loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirishni nazarda tutadi.

Shuningdek, memorandumdagi ustuvor hamkorlik ishlarini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlanib, yo‘nalishlar, aniq choralar va qo‘shma tadbirlar belgilab olindi.
Memorandumni imzolash doirasida “Xalq diplomatiyasi – tinchlik sari birgalikda qadam” nomli kitob taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot davomida ishtirokchilar xalq diplomatiyasining zamonaviy xalqaro munosabatlardagi o‘rni va ahamiyati yuzasidan fikr almashdi.
N.Abduraimova, O‘zA