Shaxmatchi qizlarimiz Turkiya turnirida sovrindor bo‘ldi
Turkiyaning Manisa shahrida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan “2nd Mesir International Open Chess Tournament” xalqaro turnirida mamlakatimiz xotin-qizlari munosib natijalarni qayd etdi.
Xususan, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi Nilufar Yoqubboyeva "A” guruhida 5,5 ochko bilan 7-o‘rinni, Zilola Aktamova "A” guruhida ayollar o‘rtasida 2-o‘rinni, Ozoda Shahzodova "A” guruhida ayollar o‘rtasida 3-o‘rinni, Shohina Ahmedova "B” guruhida 3-o‘rinni egalladi.
Dunyoning 20 ga yaqin davlatidan shaxmatchilar qatnashgan turnirning “A” guruhida ozarbayjonlik Vugar Rasulov 9 ta turdan iborat o‘yinlarda 7,5 ochko bilan g‘oliblikka erishgan bo‘lsa, “B” guruhida turkiyalik Ali Arda Erakar 7,5 ochko bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA