Shaxmat: “Toshkent bahori” bahslari davom etmoqda
Shu kunlarda poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida “Toshkent bahori” reyting turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Mamlakatimizning turli hududlaridan yoshlar, o‘smirlar, yoshi katta shaxmatchilar ishtirok etayotgan turnirning 3 ta tur o‘yinlari ortda qoldi.

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan tashkil etilayotgan murosasiz bellashuvlarning o‘tgan tur o‘yinlari sarhisobiga ko‘ra, “B” guruhida Jo‘rabek Ibodullayev, Bilolxo‘ja Hasanov, Zafarjon Tolipov va Liliya Belaya 3 ochkodan jamg‘arib, yuz foizlik imkoniyat bilan yetakchilik qilmoqda.
Turnirning “C” guruhida esa Tamirlan Xudoyorxonov, Sultonxo‘ja Bobojonov va Farangiz Maratova peshqadamlik qilmoqda.

Joriy yil 21 aprelga qadar davom etadigan turnirning g‘olib va sovrindorlari pul mukofotlari, diplom va medallar bilan taqdirlanishi nazarda tutilgan.
T.Ro‘ziyev, O‘zA