Shaxmat: Germaniya bundesligasida Abdusattorov jamoasi peshqadam
Germaniyada shaxmat bo‘yicha o‘tayotgan mamlakat bundesligasining 2026/27 yilgi mavsumining dastlabki 3 ta tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
16 ta shaxmat klublari ishtirokida o‘tgan bundesliga bahslarining ortda qolgan 3 ta tur o‘yinlaridan keyin tarkibida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov qayd etilgan “SC Viernheim” jamoasi 6 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikka erishdi.
Aytish lozimki, o‘tkazilgan 3 ta tur o‘yinlari davomida Nodirbek Abdusattorov zaxirada qoldi.
Bundesliga musobaqalarida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Rustam Qosimjonov, mahoratli shaxmatchimiz Javohir Sindorov, Shamsiddin Vohidov dona surishi belgilagan “OSG Baden-Baden” jamoasi ham 3 ta tur yakunlariga ko‘ra, 6 ochko bilan 2-o‘rinni band etib turibdi. Musobaqalarda Sindorov iva Vohidov zahirada qolgan bo‘lsa, Qosimjonov o‘tkazilgan o‘yinlarda 1 ta g‘alaba, 2 ta durang natija bilan jamoasining 6 ochko jamg‘arishiga munosib hissa qo‘shdi.

Nodirbek Yoqubboyev joy olgan “FC Bayern München” klubi yakunlangan 3 ta tur o‘yinlarida 5 ochko bilan 3-o‘rinni band etishga muvaffaq bo‘ldi. Yoqubboyev bu galgi o‘yinlarda ishtirok etmadi.
Germaniya Bundesliga o‘yinlarining 4-6-tur o‘yinlari musobaqa nizomiga muvofiq, 13-15-noyabr kunlari tashkil etiladi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA