Shavkat Mirziyoyev shaxmatchilar, ustoz va murabbiylarga davlat mukofotlarini topshirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari a’zolari hamda ularning yaqinlari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Kuni kecha Prezidentimiz tomonidan Vatanimiz shuhratini yuksaltirishga qo‘shgan hissasi, mahorati va jasorati uchun bir guruh shaxmatchilar, ularning ustozlari va soha vakillarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risida farmon imzolangan edi.
Uchrashuvda ushbu mukofotlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
– Bu mukofotlar faqat bugungi g‘alabangizning e’tirofi emas, balki oldingizda turgan yanada baland marralarga bildirilgan katta ishonch ramzi bo‘lsin, – dedi davlatimiz rahbari.
Mamlakatimiz yetakchisi sportchilarning ota-onalari, ustoz va murabbiylari hamda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi jamoasiga minnatdorlik bildirdi.
– Ilohim, g‘alabalarimiz bardavom bo‘lsin! Doimo sog‘-omon bo‘linglar, aziz farzandlarim! – dedi Prezidentimiz uchrashuv yakunida.
O‘zA