Shatranj qahramonlari – bolalar
FOTOREPORTAJ
Andijon shahridagi 7-umumta’lim maktabida “Yosh grossmeysterlar” tanlovi hamda “Shatranj qahramonlari” shaxmat loyihasi o‘tkazildi.
Loyiha davlatimiz rahbarining 2022 yil 5 avgustdagi “Shaxmatni yanada ommalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.
[gallery-19920]
Ushbu loyihada katta maydonga shaxmat doskasi chiziladi va shaxmat donalari o‘rnida bolalar harakatlanadi. Mazkur musobaqalar o‘quvchilarni aqliy rivojlantirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.
Zuhriddin UMURZOQOV(surat),O‘zA