Sharjaning tarixiy obidalari ISESCO ro‘yxatida
Hamkorlarimiz sahifalarida
Marokash poytaxti Rabot shahrida ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkilot – ISESCO Islom Jahon merosi qo‘mitasining 10-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Sharja yuragi hisoblanmish eski shahar va qal’a meroslar ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda WAM axborot agentligi xabar berdi.

Sharja arxeologiya boshqarmasi taqdim etgan nominatsiya fayllarda ob’ektlarning arxeologik, tarixiy va badiiy qiymati, shuningdek, ularning me’moriy unsurlari bilan bir qatorda saqlangan holati to‘g‘risidagi hisobot ham ko‘rib chiqildi.
Sharja arxeologiya boshqarmasi bosh direktori Doktor Saboh Jassim mazkur obidalar ro‘yxatdan o‘tishi shahar madaniy merosini saqlash strategiyasi va rejasiga muvofiq kelishini qayd etdi. Ushbu tarixiy me’moriy obidalar 2012 yilda YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan.

E’tiborlisi, Sharja yuragi va Sharja qal’asi ISESCO ro‘yxatiga kiritilgan BAAdagi ilk ob’ekt hisoblanadi.
Muharrama Pirmatova, O‘zA