Shahrixonda poyabzal korxonasi ish boshladi
Andijon viloyati Shahrixon tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan “Hassan universal shoes” mas’uliyati cheklangan jamiyatining poyabzal ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi.
Tumanning Yangi Vaxm mahallasida umumiy qiymati 5 milliard so‘m bo‘lgan loyiha doirasida tadbirkor Hasanboy Sobirov tomonidan tashkil etilgan mazkur korxonada yiliga 1 million juft poyabzal ishlab chiqariladi. Korxona rahbariyatining sa’y-harakati bilan Xitoy davlatidan 78 ming AQSH dollar qiymatdagi zamonaviy dastgohlar olib kelib o‘rnatildi.
Ayni kunda korxonada bir necha turdagi erkaklar, ayollar va o‘smirlar uchun sifatli, bejirim poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Korxona ishga tushishi bilan 20 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Ishchi-xizmatchilar uchun qulay mehnat sharoitlari yaratilgan.

F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA