Shahram Gʻiyosov chempion!
Bugun tongda professional boksning super yengil vazn toifasida jang oʻtkazayotgan hamyurtimiz Shahram Gʻiyosov WBA International chempionlik kamari uchun ringga koʻtarildi.
Bugun tongda professional boksning super yengil vazn toifasida jang oʻtkazayotgan hamyurtimiz Shahram Gʻiyosov WBA International chempionlik kamari uchun ringga koʻtarildi.
Kaliforniya shtatining Inglvud shahrida tashkil etilgan boks kechasida Shahram Gʻiyosov amerikalik bokschi Emmanuel Teylor bilan jang oʻtkazdi.
WBA International chempionlik kamari uchun kechgan 10 raundli jangda Shahram Gʻiyosov 99-91, 99-91, 97-93 hisoblarida gʻalaba qozonib, oʻzining ilk chempionlik kamarini qoʻlga kiritdi.
Maʼlumot oʻrnida, Shahram Gʻiyosov bungacha prof ringda 7 ta jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan edi. Teylor esa 25 marotaba ringga koʻtarilib, ularning 20 tasida gʻolib boʻlgan hamda beshta jangda magʻlubiyat alamini totib koʻrgan.