Shahobiddin Zoirov chorak finalda ishtirokini to‘xtatdi
Boks bo‘yicha “Rio–2016” chempioni, hamyurtimiz Shahobiddin Zoirov “Tokio–2020” Olimpiadasidagi yurishini chorak finalda to‘xtatmoqda.
Bokschimiz yarim final ostonasida filippinlik Karlo Palamga qarshi ringga ko‘tarildi. Ikkinchi raund o‘tib borayotgan bir vaqtda shifokorlar Zoirovning jarohati sabab bellashuvni davom ettirishga ruxsat berishmadi.
Bu vaziyatda qoidaga ko‘ra o‘sha paytgacha olingan ochkolar hisob-kitob qilinadi. Afsuski, bu borada ustunlik filippinlik bokschi tomonida bo‘ldi va vakilimizning mag‘lubiyati qayd etildi, deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.
O‘zA