Şaffoflik, raqamlaştiriş va qatʼiy nazorat
Bozor iqtisodiyoti şaroitida har bir tadbirkorlik subʼektining qonuniy faoliyat yuritişi, davlat byudjetiga soliq va boşqa majburiy tölovlarning öz vaqtida tuşib borişi, soğlom raqobat muhitini şakllantiriş iqtisodiy taraqqiyotning muhim şartlaridan hisoblanadi. Şu bois yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşiş, iqtisodiy munosabatlarni legallaştiriş va barça sohalarda şaffoflikni taʼminlaş mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarning ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan iqtisodiyotni raqamlaştiriş, tadbirkorlik uçun teng va adolatli şaroit yaratiş, ortiqça byurokratik tösiqlarni bartaraf etiş hamda yaşirin iqtisodiyotni qisqartirişga qaratilgan taşabbuslar bu boradagi işlarning muhim dasturilamali bölib xizmat qilmoqda. Zero, qonuniy işlagan tadbirkorning manfaati himoyalangan, iqtisodiy jarayonlar şaffof bölgan joyda investitsiyaviy jozibadorlik va barqaror rivojlaniş uçun mustahkam zamin yaratiladi.
Buxoro viloyatida mustaqil prokuratura organlari taşkil etilganligining 35 yilligi munosabati bilan taşkil etilgan respublika seminarida aynan şu masalalar atrofliça muhokama qilindi.
Tadbirda Boş prokuratura, Transport vazirligi, Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi, Soliq qömitasi, Bojxona qömitasi, hududiy prokuratura organlari hamda tegişli taşkilotlarning masʼul xodimlari iştirok etişdi.
Seminarda sözga çiqqanlar hududda yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş, iqtisodiy faoliyatning oçiqligi va şaffofligini taʼminlaş, bu borada davlat idoralari örtasidagi hamkorlikni yanada kuçaytiriş masalalariga töxtalişdi. Şuningdek, mamlakatimizda yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşiş yönalişida amalga oşirilayotgan tizimli çora-tadbirlar, erişilayotgan natijalar va oldinda turgan ustuvor vazifalar xususida atrofliça maʼlumot berişdi.
Taʼkidlanganidek, bu borada nazorat mexanizmlarini takomillaştiriş bilan bir qatorda, iqtisodiy jarayonlarni raqamlaştiriş va inson omilini kamaytirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, amaliyotga 10 dan ortiq elektron platforma joriy qilinib, 1 100 dan ziyod obʼekt raqamlaştirildi. Yaşirin iqtisodiyotning yuzaga kelişiga sabab bölayotgan tizimli omillarni bartaraf etiş maqsadida Hukumatga 200 dan ortiq taklif kiritildi. Ularning bir qismi qonunçilikda öz ifodasini topmoqda.
Amalga oşirilgan çora-tadbirlar natijasida yaşirin iqtisodiyot uluşi 21,8 foizni taşkil etib, keyingi uç yilda 15,5 foizga kamaygani qayd etildi. Bu raqamlar iqtisodiy munosabatlarni qonuniylaştiriş borasida muayyan natijalarga erişilayotganini körsatadi. Ayni paytda mavjud körsatkiçlar sohadagi işlarni izçil davom ettiriş, yaşirin faoliyatga sabab bölayotgan omillarni ildizi bilan bartaraf etiş zarurligini ham anglatadi.
Seminarda Buxoroda yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşiş borasida amalga oşirilgan işlar, jumladan, turizm va transportda yuk taşiş sohalarini raqamlaştiriş böyiça viloyat tajribasi taqdim etildi.
Darhaqiqat, Buxoro kabi sayyohlik salohiyati yuqori bölgan hududda mehmonxona, joylaştiriş vositalari, turistik xizmatlar va transport faoliyatining raqamli hisobini yölga qöyiş nafaqat xizmatlar sifatini oşiriş, balki iqtisodiy aylanmalarning şaffofligini taʼminlaşda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
[gallery-32758]
Seminarda soliq va bojxona organlari tomonidan yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş yönalişida amalga oşirilgan işlar, mavjud muammolar hamda kelgusi rejalar yuzasidan taqdimotlar ötkazildi. Ijara xizmatlari, soliq imtiyozlaridan foydalaniş va quriliş sohalarida yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş böyiça Olmazor tumani tajribasi, “Yaşirin iqtisodiyot xaritasi” platformasining imkoniyatlari hamda raqamli texnologiyalarni sohalarga keng joriy etiş masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasida yer qaʼri va tuz konlaridan foydalaniş ustidan nazoratni kuçaytiriş, baliqçilik xöjaliklarida yaşirin iqtisodiyot uluşini kamaytiriş, transport va quriliş sohalarida qonuniy faoliyatni taʼminlaş borasidagi işlar taqdim etildi.
Samarqand viloyati tajribasi misolida esa qimmatbaho metallarni “oltin izlovçilar” usulida qazib oliş, zargarlik mahsulotlarini işlab çiqariş va realizatsiya qiliş jarayonlarida yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş masalalari körib çiqildi.
Taqdimotlar davomida bir jihat alohida namoyon böldi: yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşiş faqat nazorat tadbirlarini kuçaytiriş bilan çeklanmaydi. Buning uçun sohalardagi mavjud muammolarni aniqlaş, qonunçilikdagi böşliqlarni bartaraf etiş, tadbirkorlik subʼektlariga qulay şaroit yaratiş va raqamli hisob-kitob mexanizmlarini kengaytiriş talab etiladi.
Muhokamalar yakunida iştirokçilar örtasida savol-javoblar ötkazilib, bildirilgan taklif va mulohazalar asosida mavjud muammolar hamda ularning yeçimlari yuzasidan fikr almaşildi. Şuningdek, yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş böyiça amalga oşirilgan işlar samaradorligi yuzasidan eʼlon qilingan tanlov ğoliblari taqdirlanişdi.
Seminar doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari uçun matbuot anjumani ham taşkil etildi. Unda muhokama qilingan masalalar, erişilgan natijalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan jurnalistlarga batafsil maʼlumot berildi.
Tadbirning amaliy qismida iştirokçilar Buxoro şahridagi Nodir Devonbegi majmuasida turizm sohasini raqamlaştiriş va yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş maqsadida işlab çiqilgan “Easy Trip” dasturining imkoniyatlari bilan tanişdilar.
Eʼtiborlisi, seminarda ilgari surilgan fikr va takliflar yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşişda idoralararo hamkorlikni mustahkamlaş, hududlardagi ilğor tajribalarni ommalaştiriş va zamonaviy raqamli yeçimlardan samarali foydalaniş zarurligini yana bir bor körsatdi.
Zero, yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş — bu faqat soliq tuşumlarini köpaytiriş emas. Bu eng avvalo, halol mehnat va qonuniy tadbirkorlikni rağbatlantiriş, byudjet imkoniyatlarini kengaytiriş, yangi iş örinlarini yaratiş hamda fuqarolarning davlat va jamiyatga bölgan işonçini mustahkamlaş demakdir. Şu maʼnoda, Buxoroda ötkazilgan respublika seminarida muhokama qilingan masalalar iqtisodiyotni yanada oçiq, adolatli va barqaror rivojlantiriş yölida muhim amaliy ahamiyatga ega.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), ÖzA muxbirlari