Sevil Yo‘ldosheva bosh sovrin uchun kortga chiqadi
Pokistonning Islomobod shahrida davom etayotgan W15 tasnifiga kiruvchi musobaqada Sevil Yo‘ldosheva so‘nggi hal qiluvchi final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Jumladan, juftlik bahslarining yarim finalida Sevil Yo‘ldosheva germaniyalik Anastasiya Kuparev bilan Janubiy Afrika Respublikasi vakillari Varona va Vozuko Mdlulva duetiga qarshi o‘yin o‘tkazishi kerak edi. Biroq, noma’lum sababga ko‘ra Varona va Vozuka uchrashuv o‘tkazishdan bosh tortgan holda mag‘lubiyatini tan oldi.
Shu tariqa Sevil va Anastasiya nufuzli musobaqaning final bosqichida xitoylik Ru Xsi Vu va tailandlik Kamonvan Yodpetch juftligiga qarshi o‘yin o‘tkazadigan bo‘ldi.
Darvoqe, Ru va Kamonvan chorak finalda yosh tennischimiz Sabrina Olimjonova va gonkonglik Key Yau Chong tandemini mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA