Sergelida yangi shaxmat maktabi o‘z faoliyatini boshladi
Poytaxtimizning Sergeli tumanida yangi shaxmat maktabining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ishtirok etgan Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi o‘rinbosari Komil Sindarov ushbu dargohdan kelgusida vatanimiz sharafini xalqaro maydonlarda himoya qiladigan mahoratli shaxmatchilar yetishib chiqishiga ishonch bildirishdi.


Ta’kidlanganidek, yangi shaxmat maktabi iste’dodlarni tarbiyalash bilan birga, hudud aholisining madaniy hordiq chiqaradigan tafakkur maskaniga aylanishi e’tirof etildi.

Shaxmat bo‘yicha yoshlarga professional ta’lim berishga mo‘ljallangan ilm dargohining ish boshlashi munosabati bilan jahon chempioni, xalqaro grossmeyster Javohir Sindorov ishtirokchilarga o‘z tajribasi haqida gapirib berdi.


Tantanalar davomida shaxmat bo‘yicha yoshlar, mahalla ahli ishtirokida turnir tashkil etildi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA