Senat yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda
Bugun, 2024 yil 22 iyun kuni Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining ellik uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda.
Unda Senat, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashmoqda.
Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilayotgan yalpi majlisni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva olib bormoqda.
Majlisda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilinadi.
Samarqand viloyati mahallalarida tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish holati ko‘rib chiqiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari ijrosi haqidagi masala hamda O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masala ham senatorlar e’tiborida bo‘ladi.
N.Abduraimova,
O‘zA