Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Shveysariyaning Jeneva shahrida Parlamentlararo Ittifoq (PI)ga a’zo davlatlar parlamentlari ayol spikerlarining inklyuziv va uzoq muddatli tinchlik yo‘lida yetakchilik mavzusiga bag‘ishlangan 15-sammitida ishtirok etmoqda.

Mazkur xalqaro platforma parlamentlarning spiker ayollarini, shuningdek, inklyuzivlik, tinchlik va barqaror taraqqiyotni ilgari surishga hissa qo‘shayotgan nufuzli xalqaro ekspertlarni birlashtirdi.

Sammit dasturi xotin-qizlarning tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashdagi rolini, shu jumladan, BMT Xavfsizlik kengashining 1325-sonli rezolyutsiyasini amalga oshirish nuqtai nazaridan muhokama qilishni, shuningdek, iqlim o‘zgarishi, sun’iy intellektni rivojlantirish, gender va irqiy asosdagi onlayn zo‘ravonlik kabi zamonaviy tahdidlarni ko‘rib chiqishni nazarda tutadi.

Sammitning birinchi sessiyasi doirasida “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik” kun tartibining 25 yildan keyingi natijalari va istiqbollari – saqlanib qolayotgan tahdidlar va rivojlanish yo‘llari muhokama qilinadi.  

Ikkinchi sessiyada ishtirokchilar yangi global tahdidlarni yengib o‘tish yo‘llarini ko‘rib chiqadi va muvaffaqiyatli tajriba almashadi.

Debatlar ham bo‘lib o‘tadi, ularda spiker ayollar gender tenglik va raqamli xavflar bilan bog‘liq dolzarb masalalar bo‘yicha o‘z fikrini bildiradi.

Sammit doirasida Oliy Majlis Senati Raisining so‘zga chiqishi va ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

N.Abduraimova,

O‘zA

Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat delegatsiyasi PIga a’zo davlatlar parlamentlari spiker ayollarining 15-sammitida ishtirok etmoqda