Sen aziz va muqaddassan, ayol
8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni
“Navoiyuran” davlat korxonasi “Yoshlik” madaniyat va sport markazida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Sen aziz va muqaddassan, ayol” deb nomlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda jamoada mehnat qilayotgan 700 nafar xotin-qizning kasbiy salohiyati va mehnati alohida e’tirof etildi.

Ayolini asragan el qudratli, onasini e’zozlagan farzandning tolei baland bo‘ladi, deyishadi. Bugun ham yurtimiz ayollari davlatimiz va jamiyatimiz ardog‘ida, e’tiborida. Onalik va bolalikni muhofaza qilish, opa-singillarimizning og‘irini yanada yengillashtirish, ularning qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish borasida keng ko‘lamli ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Prezidentimiz Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda alohida qayd etganidek, “...har qanday jamiyat va davlatning qay darajada xalqparvar hamda adolatli ekani uning xotin-qizlarga bo‘lgan munosabati va g‘amxo‘rligi bilan belgilanadi.
Xalqimizni rozi qilishdek oliy maqsadga erishish uchun xotin-qizlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi.”
Tadbirda korxonaning ishlab chiqarish maydonlarida samarali mehnat qilayotgan bir guruh ayollari rag‘batlantirildi.
Bayram tadbirida konsert dasturi namoyish etildi.
Abduvali Bo‘riyev, O‘zA