Saylovlarga uch siyosatchining nomzodi kiritilmadi
Ispaniya markaziy saylov komissiyasi kataloniyalik uch siyosatchi, jumladan, jeneralitetning sobiq rahbari Puchdemon nomzodini Yevroparlamentga saylovlardagi nomzodlar roʻyxatiga kiritmadi.
Ispaniya markaziy saylov komissiyasi kataloniyalik uch siyosatchi, jumladan, jeneralitetning sobiq rahbari Puchdemon nomzodini Yevroparlamentga saylovlardagi nomzodlar roʻyxatiga kiritmadi.
Ria Novosti xabariga koʻra, “Puchdemon saylovlarda oʻz nomzodini qoʻya olmaydi”, dedi xalq partiyasidan nomzod boʻlgan Teodoro Garsiya Egea Madriddagi matbuot anjumanida.
Bu boradagi arznoma markaziy saylov komissiyasiga xalq partiyasi tomonidan berilgan.
Puchdemondan tashqari Toni Komin va Klara Ponsanti nomzodi ham rad qilingan. Yevroparlamentga saylovlar 26 mayda boʻladi.