Saylovga tayyorgarlik – eng muhim jarayon
Andijonda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi viloyat kengashining navbatdagi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda partiya tuzilmalari mas’ul xodimlari, tuman, shahar kengashlari vakillari, partiya faollari ishtirok etdi. Unda muhim siyosiy jarayon – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga puxta hozirlik ko‘rish, partiya viloyat kengashining saylov jarayonidagi ishtiroki, saylovoldi va targ‘ibot tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish, partiya s’ezdiga delegatlar saylash bo‘yicha takliflarni o‘rganish masalalari muhokama etildi.
Ayni kunda O‘zLiDeP viloyat kengashi tarkibidagi 745 ta boshlang‘ich tashkiloti safiga 60 ming 832 nafar a’zo birlashgan.
[gallery-3621]
Anjumanda partiya viloyat kengashi tomonidan siyosiy jarayonlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish, partiya g‘oyalarini aholi orasida keng targ‘ib etish, partiya a’zolari safini kengaytirish, saylov doirasidagi targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini samarali tashkil etish borasida belgilangan barcha ishlar olib borilayotganligi qayd etildi.
Yangi O‘zbekistonda “Davlat ham, islohotlar ham avvalo, insonlarga xizmat qilishi shart!” degan xalqona siyosat amalda yuzaga chiqayotganligi, jamiyatimiz ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida yangicha islohot va o‘zgarishlar joriy etilayotganligi e’tirof etilib, mazkur jarayonlarda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi faol ishtirok etayotganligi alohida qayd etildi.
Konferensiyada ko‘rilgan masalalar muhokama qilinib berilgan taklif, fikr va mulohazalar asosida tegishli qarorlar qabul qilindi.
F. UBAYDULLAEV,
Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA