Sariosiyoda forel baliqlari yetishtirilmoqda
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi “Qandil Parvoz Fayz” fermer xo‘jaligi karp va oq amur baliq yetishtirish bilan dastlabki faoliyatini boshlagan.
O‘tgan 2020 yilda xo‘jalikda umumiy loyiha qiymati 9 milliard so‘m bo‘lgan intensiv baliqchilik kompleksi foydalanishga topshirilishi natijasida parvarishlash qiyin bo‘lgan forel balig‘i yetishtirish yo‘lga qo‘yildi.
– Fermer xo‘jaligimizda sun’iy urug‘lantirish (inkubatsion) usul bilan forel balig‘ini ko‘paytiryapmiz, — deydi xo‘jalik rahbari Olimjon Sharipov. – Joriy yildan esa noyob osyotr balig‘ini yetishtirishni boshlaymiz. Ayni vaqtda maxsus hovuzlar tayyorlangan. Loyihamiz yakunlangach qo‘shimcha 8 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
[gallery-2315]
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA