Sardorlar kengashining yangi a’zolari saylandi
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkilotining “Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun!” shiori ostidagi Samarqand viloyati Sardorlar kengashi saylovi bo‘lib o‘tdi.
Tashkilot axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, iqtidorli bolalarni izlab topish, ularning qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish va qo‘llab-quvvatlash, bolalarda tashabbuskorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, jismoniy, ma’naviy sog‘lom avlodni va ijtimoiy faol shaxsni shakllantirishga hissa qo‘shish hamda ularni jamoa orasida o‘z fikrini to‘la ifodalashga o‘rgatish maqsadida tashkil etilgan tadbirda tuman-shahar Sardorlar kengashlari viloyatning 14 ta yo‘nalish sardorlarini ovoz berish yo‘li bilan sayladi.
2021-2022 o‘quv yilida ushbu sardorlar viloyat Sardorlar kengashi faoliyatini muvofiqlashtiradi. Sardorlar saylovi yakunida ishtirokchilarga sertifikat, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.



Gulnoza Boboyeva, O‘zA