Saralash imtihonlari boʻlib oʻtmoqda
Shuningdek, imtihon jarayonlari video kuzatuv ostida toʻliq yozib olindi.
Taʼlim
Joriy oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari huzuridagi mavjud 65 ta akademik litseylarda belgilangan grafik asosida, sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etgan holda saralash imtihonlari oʻtkazilishi belgilangan.
Bugun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi hududida joylashgan sport maydonchasida 446 nafar talabgorga bir vaqtning oʻzida imtihon topshirishi uchun joylar hozirlandi.
Saralash imtihonlari oʻtkaziladigan hududga kirishda dastlab talabgorning tana harorati oʻlchanib, antiseptik vositalar bilan dezinfeksiya qilindi. Shuningdek, imtihon jarayonlari video kuzatuv ostida toʻliq yozib olindi. Mazkur video kuzatuvlar talabgorlarning ota-onalarga toʻgʻridan-toʻgʻri namoyish etib borildi.
Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida oʻtkazilgan imtihonda 446 nafar talabgordan 18 nafari turli sabablarga koʻra qatnashmadi.