Sanoat xavfsizligiga oid qonun loyihasi muhokama qilindi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida
“Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining va potensial xavfli ob’ektlarning sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Mazkur loyiha doirasida deputatlar tomonidan aholi xavfsizligini ta’minlash, xususan, xavfli ob’ektlarning atrof-muhit va aholi salomatligiga ta’sirini chuqur o‘rganish, aniq va amaliy chora-tadbirlarni belgilash zarurligi ta’kidlandi. Shu jihatdan qonun normalarining samarali ishlashi uchun ularni aniq mexanizmlar bilan mustahkamlash lozimligi qayd etildi.
Shuningdek, xalq deputatlari Kengashlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ham qizg‘in muhokama qilindi. Unda Kengashlar vakolatlarini aniq belgilash, jumladan, ularning qo‘shimcha vakolatlari faqat qonun hujjatlari orqali tartibga solinishi nazarda tutilmoqda.

M.Komilova, O‘zA