Sanoat korxonalari ham dezinfeksiya qilinmoqda
Muborak magistral gaz quvurlari boshqarmasida ham profilaktika va dezinfeksiya ishlari muntazam amalga oshirilmoqda.
Muborak magistral gaz quvurlari boshqarmasida ham profilaktika va dezinfeksiya ishlari muntazam amalga oshirilmoqda.
Ishchi xodimlarga korxona tibbiyot xodimi Zumrad Qilicheva ushbu virus haqida, uning tarqalishi sabablari va oldini olish boʻyicha tushuntirish ishlari olib bormoqda. Korxonaga kirayotgan har bir xodimga tibbiy niqob berilmoqda. Har bir xona dezinfeksiya qilinmoqda. Oʻtkazilayotgan ushbu tadbirlardan koʻzlangan asosiy maqsad kasallikning oldini olish va keng tarqalishiga yoʻl qoʻymaslikdir.